AsosiyDunyo

Sochidagi yong‘in fonida video olganlar qo‘lga olindi

Uch nafar yosh rossiyalik favqulodda holat vaqtida noto‘g‘ri xatti-harakat qilganlikda ayblanmoqda.

'Sochidagi yong‘in fonida video olganlar qo‘lga olindi'ning rasmi

Rossiyaning Sochi shahrida, yongʻin sodir boʻlgan neft bazasi fonida video suratga tushirgan ikki qiz va bir yigit qoʻlga olindi.

Ular 19, 20 va 21 yoshda boʻlib, barcha Uraldagi Nizhniy Tagil shahridan Sochiga kelgan. Mahalliy IIVga koʻra, videoni ular alkogol ichimlik taʼsirida suratga tushirishgan.

Hozirda ularga nisbatan favqulodda holat paytida jamoat tartibini buzganlik uchun 30 ming rubllik jarima solinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar