AQSHning Tennessi shtatida Linda Archerd ismli ayol tomonidan EKO orqali yaratilgan va 30 yil muzlatilgan embriondan bola dunyoga keldi . Bu haqda “MIT Technology Review” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, Chaqaloqning biologik embrioni 1990-yillarda yaratilgan. Ayol o‘sha paytda olti yil davomida homilador bo‘la olmagan. Shifokorlar to‘rtta embrion yaratishgan, ulardan biri Linda bachadoniga ko‘chirilgan. Olti oydan so‘ng ayol sog‘lom qiz farzandni dunyoga keltirgan. Qolgan uchta embrion esa muzlatilgan.
Dastlab ayol embrionlarni o‘zi ishlatmoqchi bo‘lgan, lekin keyinchalik boshqa oilalarga topshirgan. Aksariyat klinikalar uning embrionlari bilan ishlashdan bosh tortgan, chunki ular eskirgan texnologiyalar bilan muzlatilgan edi.
Natijada Ohaya shtatida yashovchi Pirslar oilasi uni embrionlaridan birini Open Hearts dasturi orqali “asrab olgan”. Ular 2025-yil 26-iyul kuni o‘g‘il farzandli bo‘lishgan. U “eng keksa chaqaloq” edi.
“Bizda og‘ir tug‘uruq bo‘ldi, lekin hozir hammasi yaxshi. U juda tinch, bebaho farzandimiz borligiga hali ham ishona olmayapmiz,”- deydi Lindsi.
Embrion egasi Linda Archerd esa hozircha chaqaloq bilan uchrashmoqchi emasligini bildirib, biroq uning dunyoga kelishini “haqiqatga aylangan orzu” deb atagan.