AsosiyDunyo

Ispaniyada aholiga o‘lim rasman taqiqlandimi?

Mahalliy hokimiyat sog‘lom turmush tarzini tavsiya qilmoqda, biroq o‘lim holatlarida qanday choralar ko‘rilishi noaniq.

'Ispaniyada aholiga o‘lim rasman taqiqlandimi?'ning rasmi

Ispaniyaning janubiy qismida joylashgan Landjaron qishlog‘ida (Granada provinsiyasi) qabristonda joy tugagani sababli o‘ziga xos huquqiy cheklov joriy etilgan: aholiga o‘lim “rasman” taqiqlangan. Bu haqda Zamon.uz Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

The New York Post nashri xabariga ko‘ra, ushbu g‘ayrioddiy chora 1999-yildan buyon amalda. O‘sha yili yagona mavjud qabriston to‘lib qolgan va o‘shandan beri yangi yer maydoni ajratilmagan.

4 mingga yaqin aholiga ega Landjaron qishlog‘i shifobaxsh mineral suvlari bilan mashhur bo‘lib, TikTok orqali ham mashhurlikka erishgan. Mahalliy hokimiyat sog‘lom turmush tarzini tavsiya etayotgan bo‘lsa-da, o‘lim holatlarida qanday choralar ko‘rilishi haqida aniq ma’lumot bermagan.

Ayrim tahlilchilar bu qarorni turizmni rivojlantirishga qaratilgan PR strategiyasi deb baholamoqda.

    Boshqa yangiliklar