AQSH prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha uning pozitsiyasiga rafiqasi Melaniya kuchli ta’sir ko‘rsatganini aytdi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
“Biz Putinni yaxshi bilamiz va Melaniya ham unga nisbatan ijobiy munosabatda. Odamlar bilan til topishish kerak”, — degan Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Melaniya juda aqlli va betaraf ayol bo‘lib, davlat rahbari siyosatiga ta’sir qiladi.
Avvalroq Tramp birinchi xonimning Ukraina masalasida neytral pozisiyasini qayd etgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Melaniya qon to‘kilishi va odamlarning qurbon bo‘lishiga chek qo‘yish tarafdori. Shu bilan birga, ba’zi nashrlar Trampning rafiqasi prezidentning Rossiya bilan munosabatlardagi strategiyasini o‘zgartirish qaroriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.