AsosiyDunyo

Qirg‘izistonda internet davlat qo‘liga o‘tdi

Sadir Japarov bu bo‘yicha tegishli farmonni imzoladi.

'Qirg‘izistonda internet davlat qo‘liga o‘tdi'ning rasmi

Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafik bo‘yicha bir yillik davlat monopoliyasi joriy qilindi. Prezident Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi.

2025 yil 15 avgustdan 2026 yil 14 avgustgacha barcha xalqaro trafik faqat milliylashtirilgan “ElKat” kompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Boshqa operatorlar ikki oy ichida barcha shartnomalarni shu kompaniyaga topshirishi kerak bo‘ladi.

Raqamli rivojlanish vazirligi bu qadam narxlar barqarorligiga va iqtisodiy raqamlashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Ammo qanday mexanizmlar orqali amalga oshirilishi ochiqlanmadi.

Bungacha Qirg‘iziston Telekom operatorlari assotsiatsiyasi bu rejani tanqid qilgan, uni Konstitutsiyaga zid va raqobat qonunini buzuvchi deb atagan edi.

    Boshqa yangiliklar