U o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan murojaatida Livan hukumatini va “Hizbulloh” harakatini aniq harakatlarga chorlab, shunday dedi: “Hizbulloh qo‘lida qurol turgan ekan, oddiy so‘zlar bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Bu masalada hozir qat’iy qaror qabul qilish va amaliy harakat zarur.”
Barrakning so‘zlariga ko‘ra, Livan hukumatining ishonchliligi aynan prinsiplar va amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikka bog‘liq. U yana bir bor “qurol faqat davlat nazoratida bo‘lishi shart”ligini ta’kidladi.
Amerika diplomati Livan rahbariyatiga AQSH tomonidan ilgari surilgan taklifni eslatdi: 19 iyun kuni AQSH Livan hukumati oldiga mamlakatdagi barcha qurollarni faqat davlat tasarrufiga topshirishni asosiy maqsad sifatida belgilashni so‘ragan edi.
27 iyun kuni “Al Arabiya” telekanaliga bergan intervyusida Barrack quyidagicha fikr bildirgan: “Hizbulloh”ning harbiy qanoti to‘liq tugatilishi kerak. Siyosiy qismi emas, aynan harbiy strukturasi mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Qurolsizlanish bo‘yicha aniq muddat belgilanib, masalan, ular Litani daryosining shimoliga chekinishi lozim.”
Ammo “Hizbulloh”ushbu bosimlarga qarshi keskin javob qaytardi. Harakat bosh kotibi Naim Qosim 6 iyul kuni Ashura marosimida shunday dedi: “Isroil Livanga qarshi tajovuzlarini to‘xtatmas ekan, biz hech qanday qurolni topshirmaymiz.”
Ayni paytda mintaqadagi keskinlik kuchayib borayotgani, AQSH va “Hizbulloh” o‘rtasidagi ziddiyat esa yana bir bor yuzaga chiqqani qayd etilmoqda.