AQSHning Kolorado shtatidagi Denver xalqaro aeroportida American Airlines kompaniyasining Boeing 737 Max yo‘lovchi samolyoti bortida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, muammo parvoz vaqtida yuzaga kelgan. Mayamiga qarab ketayotgan samolyotning qo‘nish moslamasida to‘satdan yong‘in yuz bergan.
Samolyot bortida olti nafar ekipaj a’zosi va 173 yo‘lovchi bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar zudlik bilan samolyotdan evakuatsiya qilingan. Favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishi yengil tan jarohati olgan, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.