AsosiyJamiyat

"Bosh reja tadbirkorning fikri bilan o‘zgaradigan hujjat emas!"

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vazir o‘rinbosari Davronjon Adilov hamda tadbirkor Murod Nazarovning so‘zlari va Toshkent shahrining bosh rejasi haqidagi intervyusiga izoh berdi.

'"Bosh reja tadbirkorning fikri bilan o‘zgaradigan hujjat emas!"'ning rasmi

Unda keltirilishicha, "Vazir o‘rinbosari "bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi", deganda tadbirkorning o‘zgartirish kiritilishi rejalashtirilgan "korreksiyasi" haqidagi fikriga javob bergan. Tadbirkorning taklifi yoki tadbirkor g‘oyasi bilan bosh reja o‘zgartirilmaydi. Balki bosh reja doimiy takomillashib boradigan jarayon.

Qayd etish lozimki, vazir o‘rinbosari shaharning bosh rejasi takomillashuvi haqida gapirmagan. Tadbirkor nazarda tutgan shaxsiy manfaatidagi ma’lum bir o‘zgarishni nazarda tutgan.

Bosh rejani ishlab chiqishda ilmiy asoslar, shaharsozlik talablari va jamoatchilik fikri ustuvor ahamiyat kasb etadi. 1969 yilda tashkil etilgan "Toshkentboshplanliti" instituti ushbu jarayonda doimiy ravishda  ilmiy izlanishlar olib boradi va doimiy ravishda Toshkent va Samarqand shaharlarining bosh rejalarini takomillashtirib boradi.

Jurnalistning materialida keltirilgan vaziyatda boshqarma boshlig‘i Aziz Xalilov ham bosh rejalar doimiy sikl asosida yangilanib borishi va institut tomonidan ilmiy ishlanmalar olib borilishini ta’kidlagan. Vazir o‘rinbosarining tadbirkorlarning takliflari asosida alohida hududlarni bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolati yo‘q.

Tadbirkordan kelib tushgan taklif yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi. Vazir o‘rinbosarining javobi boshqarma boshlig‘ining fikrini rad etmaydi. Aksincha to‘ldiradi. Bosh reja tadbirkorning fikri bilan o‘zgaradigan hujjat hisoblanmaydi", deya izoh bergan vazirlik.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda sifatsiz benzin sotayotgan AYOQSH qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 26.07.2025 22:13

    Buxoroda sifatsiz benzin sotayotgan AYOQSH qo‘lga tushdi

    AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-95 markali benzin davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan.

    'AQSH vizasini olishda yangi qoidalar: oshirilgan to‘lov, kuchaytirilgan talablar'ning rasmi

    Jamiyat 26.07.2025 21:09

    AQSH vizasini olishda yangi qoidalar: oshirilgan to‘lov, kuchaytirilgan talablar

    Qo‘shimcha to‘lov 250 AQSH dollarini tashkil etmoqda.

    'Samarqandda harakatlanayotgan Tracker yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 26.07.2025 16:30

    Samarqandda harakatlanayotgan Tracker yonib ketdi

    Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

    'Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 26.07.2025 14:11

    Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    Advokat mahkumni qamoqdan chiqarish evaziga 30 ming dollar so‘ragan. Shundan 20 mingini olayotganda ushlangan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 26.07.2025 12:47

    ''ning rasmi

    Jamiyat 26.07.2025 10:17