AsosiyJamiyat

Samarqandda harakatlanayotgan Tracker yonib ketdi

Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

'Samarqandda harakatlanayotgan Tracker yonib ketdi'ning rasmi
Samarqand viloyati FVBning bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 25 iyul kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Tracker-2 rusumli avtomobil yonib ketgan. 

Keltirilishicha, soat 16:40 larda Samarqand shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Tracker-2 rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:43 da yetib borib, yong‘in soat 16:53 da o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar