AsosiyDunyo

Saratovda ko‘p qavatli uy portladi

Qurbonlar bor.

'Saratovda ko‘p qavatli uy portladi'ning rasmi

Joriy yilning 25 iyul kuni Rossiyaning Saratov shahridagi o‘n qavatli turar-joy binosida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.

“Ko‘p xonadonli, o‘n qavatli turar-joy binosining kirish qismida portlash sodir bo‘ldi. Hozirda yong‘in-qutqaruv xizmatlari voqea joyida ishlamoqda”, deyiladi xabarda. 

Favqulodda xizmatlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida binoning 10-qavatidan 1-qavatigacha bo‘lgan qismi qulab tushgan. Biroq portlashdan so‘ng yong‘in chiqmagan. 

RBK axborotiga ko‘ra, binoning burchakdagi kirish qismi qulagan, eng katta vayronalar 7-qavatdan 10-qavatgacha bo‘lgan qismda yuz bergan. Hozirda voqea joyida yong‘in-qutqaruv brigadalari ishlamoqda.

Qutqaruvchilar beton parchalari ostidan 5 kishining jasadini topishdi. Yana bir kishi shifoxonada vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar