AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida uy va do‘kon alanga ichida qoldi

Yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

'Toshkent viloyatida uy va do‘kon alanga ichida qoldi'ning rasmi

Bugun, 23 iyul kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, holat soat 10:50 da "G‘.G‘ulom" MFY,  "A.Navoiy" ko‘chasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari do‘konida yuz bergan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 10:57 da voqea joyiga borib, 11:17 da o‘rab olingan va yong‘in soat 11:50 da to‘liq o‘chirilgan.

“Yong‘in ortidan tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi omborxonada yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in 3 soat davom etib, so‘ng bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar