Toshkent shahri, Uchtepa tumani — Voyaga yetmagan farzandlar huquqlari yana bir bor ta’minlandi. Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, tojikistonlik undiruvchi ayol B.X. foydasiga qarzdor fuqaro D.A.dan 58 mln 700 ming 631 so‘m miqdoridagi aliment puli to‘liq undirib berildi.
Sud qaroriga ko‘ra, 2021 yil 26 noyabrda Uchtepa tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi tomonidan D.A.dan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini ta’minlash uchun oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Ammo u turli bahonalar bilan o‘z farzandlari uchun pul to‘lamay kelgan.
Aytish joizki, undiruvchi B.X. o‘z yurti — Tojikistonda bo‘lgan holda, qarzdor bilan har oylik aliment pullarini kelishilgan tartibda o‘tkazishni kelishib olgan. Biroq otalik mas’uliyatini unutayotgan fuqaro bunday kelishuvni bajarmagan.