AsosiyDunyo

Kaspiyda yangi siyosiy o‘yin: Moskva Eronga turkiy davlatlarga qarshi “tayanmoqda”

Rossiya o‘z pozitsiyalarini boy berar ekan, sobiq ittifoqdoshlariga emas, balki Tehronga tayanishga urinmoqda.

'Kaspiyda yangi siyosiy o‘yin: Moskva Eronga turkiy davlatlarga qarshi “tayanmoqda”'ning rasmi

Kaspiy mintaqasidagi geosiyosiy vaziyat keskin o‘zgarib bormoqda. Bu hudud endi nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki katta diplomatik tortishuvlar maydoniga aylangan. Rossiya o‘z pozitsiyalarini boy berar ekan, sobiq ittifoqdoshlariga emas, balki Tehronga tayanishga urinmoqda.

“Central Asia” ning xabar berishicha, Rossiya Eronga tayanish orqali Kaspiyda yangi ittifoqlarga qarshi chora ko‘rmoqchi – xususan, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya kabi davlatlarning harbiy-siyosiy yaqinlashuvi Kremlni tashvishga solmoqda.

Shu bois Moskva Eron bilan birgalikda qator dengiz mashg‘ulotlarini tashkil etmoqda. Rasmiy bayonotlarda bu mashg‘ulotlar “qutqaruv maqsadida” o‘tkazilayotgani aytilayotgan bo‘lsa-da, ayrim tahlilchilar ularni AQSH, Isroil, hattoki Ozarbayjonga qarshi signal sifatida ko‘rmoqda.

Biroq kuzatuvchilar Rossiyaning bu harakatlarini zaiflik alomati sifatida baholamoqda. Gap shundaki, Rossiya yaqinda Isroil tomonidan Eron yadroviy infratuzilmasiga qilingan hujumda Tehronni na siyosiy, na harbiy jihatdan himoya qildi. Bu esa Eronda Moskvaga nisbatan ishonchsizlikni kuchaytirdi.

Ayni damda Eron Rossiyani emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari va Turkiyani – tranzit va energetik hamkor sifatida ko‘ra boshladi. Tehronning o‘zi ham ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosat olib bormoqda va Rossiyaning Kaspiydagi ta’sirini tiklash emas, balki o‘z mavqeini mustahkamlashni ko‘zlamoqda.

Moskva Kaspiyda nazoratni boy berayotganini his qilmoqda. Eron esa Rossiyaning bu qo‘rquvlaridan foydalangan holda, o‘z o‘yinini davom ettirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi hududiga dronlar bilan hujum qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:24

    Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi hududiga dronlar bilan hujum qilindi

    Portlash ortidan kichik yong‘in yuz bergani, jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

    'Yuzlab eronliklar Turkiya chegarasini kesib o‘tmoqda'ning rasmi

    Dunyo 02.03.2026 16:01

    'Turkiyada “AQSH harbiy bazasiga hujum” haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

    Dunyo 02.03.2026 13:57

    Turkiyada “AQSH harbiy bazasiga hujum” haqidagi xabarlar rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyadagi AQSh harbiy bazasi hujumga uchragani haqida tarqalgan xabarlar rasmiylar tomonidan dezinformatsiya deb baholandi.

    'Shimoliy Koreya AQSH va Isroilning Eronga hujumlarini qoraladi'ning rasmi

    Dunyo 02.03.2026 13:46

    Shimoliy Koreya AQSH va Isroilning Eronga hujumlarini qoraladi

    КХДР Эронга қарши ҳарбий операцияларни ноқонуний тажовуз деб атади.

    'Pentagonda havotir kuchaydi: Eron mojarosi haftalab cho‘zilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 02.03.2026 09:19

    Pentagonda havotir kuchaydi: Eron mojarosi haftalab cho‘zilishi mumkin

    AQSH Mudofaa vazirligida Eron bilan bog'liq keskinlik spiral shaklida kuchayib, uzoq davom etadigan to'qnashuvga aylanishi mumkinligidan havotirlar ortmoqda.