Davlat toʻntarishida ayblangan Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Unga koʻra, Jair Bolsonaru Braziliya Oliy sudi tomonidan 2022 yilgi saylovdagi magʻlubiyatidan soʻng harbiy toʻntarish uyushtirishda aybdor deb topilgan. Sobiq prezident uy qamogʻida saqlanayotgan edi.
Jair Bolsonaru oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni doimo rad etib kelgan.






