AsosiyDunyo

Tramp sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi

Uning fikricha, Obama va u bilan birga harakat qilgan shaxslar saylovdagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi kerak.

'Tramp sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil iyul oyida “Truth Social” platformasida e’lon qilgan bayonotida 2016 yilgi prezidentlik saylovlari yuzasidan sobiq prezident Barak Obamani firibgarlikda aybladi, deya yozmoqda "zamon.uz". Trampning ta’kidlashicha, o‘sha vaqtdagi Demokratlar partiyasi a’zolari, jumladan Obama boshchiligidagi siyosiy guruhlar, saylov natijasiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatishga uringan.

Ushbu chiqishida Tramp Fox News telekanali jurnalisti Xarrison Filds va Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbardning 2016-yilgi saylovlar yuzasidan fosh etilgan faktlarga asoslangan bayonotlarini maqtov bilan tilga oldi.

“Obama va uning “gangsterlar jamoasi” saylovdagi firibgarlik uchun eng yuqori darajada jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak”, — deb yozdi Tramp o‘z postida.

Shuningdek, Tramp Tulsi Gabbardning Obama ma’muriyati davrida AQSH razvedka xizmatlari siyosiy maqsadlarda Tramp prezidentligiga to‘siq bo‘lish uchun noto‘g‘ri ishlatilgani haqidagi bayonotini ijobiy baholab, uni ochiqchasiga tabrikladi.

Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp 2016-yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodi sifatida ishtirok etib, demokrat nomzod Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozongan edi. Tramp va uning tarafdorlari bu saylovlar davomida noto‘g‘ri axborotlar, razvedka manipulyatsiyasi va ommaviy axborot vositalari orqali bosim bo‘lgani haqida bir necha bor bayonot berishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevroparlament: G‘arb yo‘lida Gruziya hukumati to‘siq bo‘lib turibdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:09

    Yevroparlament: G‘arb yo‘lida Gruziya hukumati to‘siq bo‘lib turibdi

    2024 yil yozida Yevropa Kengashi a’zolik bo‘yicha jarayonni de-fakto to‘xtatib qo‘ydi.

    'Turkiyada germaniyalik sayyohlarning kelishi nega kamaydi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:06

    Turkiyada germaniyalik sayyohlarning kelishi nega kamaydi?

    2025 yilning iyun oyida Turkiyaning Egey sohillari va Istanbulda narxlar 2024 yilga nisbatan o‘rtacha 36 foizga oshgan.

    'Ukraina Rossiyadan 6,9 milliard dollar undirmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:04

    Ukraina Rossiyadan 6,9 milliard dollar undirmoqchi

    Zelenskiy xalqaro qarorlarni amalga oshirishga kirishmoqda.

    'Tramp: “BRICS ustidan g‘alaba qozondim – boj to‘lovlarim tufayli ular sammitga kelmadi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:01

    Tramp: “BRICS ustidan g‘alaba qozondim – boj to‘lovlarim tufayli ular sammitga kelmadi”

    U o‘zining qattiq boj siyosati tufayli Putin va Szinpin BRICS sammitiga kelmaganini aytgan.

    'Netanyaxu zaharlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:56

    Netanyaxu zaharlandi

    Isroil Bosh vazirga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

    'Eronda 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi'ning rasmi

    Dunyo 20.07.2025 14:30

    Eronda 5,2 magnitudali zilzila qayd etildi

    Zilzila o‘chog‘i 7 km chuqurlikda joylashgan.