Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, “Sariosiyo” MFY hududidagi “Sh.S.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari noqonuniy yog‘ ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, ulardan 102 litr yog‘ va 5,5 tonna chigit ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.