AsosiyDunyo

“Biz uddalay olmadik” – Germaniya kansleri Mertz Merkelning migratsiya siyosatini rad etdi

Germaniyada so‘nggi oylar migratsiya siyosati jiddiy keskinlashmoqda

'“Biz uddalay olmadik” – Germaniya kansleri Mertz Merkelning migratsiya siyosatini rad etdi'ning rasmi

2015 yilda sobiq kansler Angela Merkel mashhur “Wir schaffen das!” — “Biz uddalaymiz” shiorini ilgari surgandi. Oradan 10 yil o‘tib, hozirgi kansler Fridrix Mertz bu so‘zlarni ochiq rad etdi.

“O‘sha paytda bu gap aytilgan kontekst endi o‘zgardi. Bugun esa ochiq tan olishimiz kerak: biz uddalay olmadik”, — dedi u 18 iyul kuni Berlindagi matbuot anjumanida.

Germaniyada so‘nggi oylar migratsiya siyosati jiddiy keskinlashmoqda:

— oilani qayta birlashtirish to‘xtatildi

— 3 yilda fuqarolik olish imkoni bekor qilindi

— chegara nazorati kuchaytirildi

— boshpana so‘rovlar 43% ga kamaydi

Mertzga ko‘ra, bu hali yakun emas — yo‘l davom etadi.

    Boshqa yangiliklar