Kecha, 17 iyul kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagani va endi ham yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Turkiya poytaxti Anqara shahrida prezident ishtirokida Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Erdog‘on mintaqadagi, xususan, Suriyadagi vaziyatga to‘xtalib o‘tgan.
“Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymadi ham. Isroilning arqonidan ushlab quduqqa tushganlar ertami-kechmi qanday jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini tushunadi”, — degan Turkiya rahbari.
Prezident, shuningdek, Isroil “qoidalarga bo‘ysunmaydigan, prinsipsiz, erka va umidsiz terrorchi davlat”. U druzlarni bahona qilib, so‘nggi ikki kun ichida harbiy qo‘shinlarni Suriyaga ko‘chirgan. Davlat rahbari hozirda mintaqadagi eng katta xavf Isroilning tajovuzkorligi ekanini aytgan.
“Mamlakatimiz hududidagi kurdlar ham, Suriyadagi kurdlar ham bizning birodarlarimizdir. Biz ularning sionistlar qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya qo‘shimcha qiladi Prezident.