AsosiyJamiyat

Toshkentda noqonuniy ravishda elektron tamaki sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Toshkentda noqonuniy ravishda  elektron tamaki sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida noqonuniy ravishda elektron tamaki sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. fuqaro A.Ye.ga “Loco” nomli 365 dona aksiz markasiz elektron tamaki mahsulotlarini 61 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar