AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi: Isroil majburiyatni bajarmasa, chora ko‘ramiz

Bildirilishicha, G‘azo sektoridagi gumanitar ahvol “qat’iy kuzatuv ostida” qoladi.

'Yevropa Ittifoqi: Isroil majburiyatni bajarmasa, chora ko‘ramiz'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi Isroilga qarshi ehtimoliy choralarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda YI tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Kallasga ko‘ra, G‘azo sektoridagi gumanitar ahvol “qat’iy kuzatuv ostida” qoladi. Har ikki haftada Isroilning kelishuvlar doirasidagi harakatlari yuzasidan yangilangan hisobot e’lon qilinadi.

“Isroil G‘azodagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha yetarli qadamlar qo‘ymasa, chora ko‘ramiz. Maqsad – jazolash emas, real o‘zgarish”, – deydi u.

Avvalroq, 10 iyul kuni YI va Isroil quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishgan edi:

– G‘azoga oziq-ovqat va tovarlar oqimini oshirish;

– Iordaniya va Misr orqali gumanitar yo‘laklarni ochish;

– Yonilg‘i, suv va elektr ta’minotini tiklash;

– Gumanitar xodimlar xavfsizligini kafolatlash.

    Boshqa yangiliklar