16 iyulga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan Ukraina hududlariga bir necha bor dron va raketa hujumlari amalga oshirildi. Hujumlar bir nechta viloyatlardagi infratuzilma obyektlariga qaratilgan bo‘lib, jarohatlanganlar qayd etildi.
Krivoy Rog: Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Vilkulga ko‘ra, shaharga 28 ta “Shahed” droni va 1 ta ballistik raketa yo‘naltirilgan. Hujum natijasida sanoat korxonasi vayron bo‘lgan, 17 yoshli o‘smir og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Shaharda elektr uzilishi va yong‘inlar qayd etildi. Vilkul bu hujumni “bundan avval kuzatilmagan miqyosdagi” deb atadi.
Vinnitsa: Vinnitsa viloyati harbiy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, dron zarbalari infratuzilma obyektlariga tegdi. To‘rt kishi jarohatlangan. Mahalliy manbalar 20 dan ortiq dron ishtirok etganini bildirgan.
Xarkov: 15 iyul kuni kechqurun shaharda 17 ta portlash qayd etilgan. Hududiy rahbar Oleg Sinegubovga ko‘ra, 3 kishi jarohat olgan, zarbalar asosan Kiev tumani hududidagi fuqarolik korxonasiga qaratilgan.
Izmail (Odessa viloyati): Shaharda portlashlar ketma-ketligi qayd etildi. Dron zarbalari infratuzilma obyektiga yetib borgan. Hozircha jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.