AsosiyJamiyat

Toshkentda 7 nafar bolaning hovuzda cho‘kib vafot etish holati turli vaqtlarda sodir bo‘lgan

Bosh prokuratura holat yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi.

'Toshkentda 7 nafar bolaning hovuzda cho‘kib vafot etish holati turli vaqtlarda sodir bo‘lgan'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent shahrida 7 nafar bola xonadonlardagi hovuzda cho‘kishi oqibatida 2 nafari vafot etganligi haqida xabar bergandik. Bosh prokuratura ushbu holatlar yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi

Aniqlik kiritilishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joriy yilning 12 may kunidan 10 iyul kuniga qadar Toshkent shahrining turli hududlardagi yashash manzillaridan 7 nafar voyaga yetmagan bolani cho‘kishi bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushgan.

Shundan 4 nafar voyaga yetmagan bolaga davolanishdan so‘ng yashash manzillariga ruxsat berilgan, 2 nafar voyaga yetmagan bola davolanmoqda, shundan 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Shuningdek, 1 nafar bola qarovsiz qolishi oqibatida xonadondagi basseynga tushib ketib vafot etgan. Bola tibbiy muassasaga olib borilgan vaqtda unda biologik o‘lim qayd etilgan.

Ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar