AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi

Markazda 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

'Shavkat Mirziyoyev “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimizda ijtimoiy davlat, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Ushbu qadriyatlar asosida barcha hududlarda “Inson” markazlari ochilib, mehr va ko‘mak tizimi aholiga yaqinlashtirilmoqda. 

Markazda 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Buning uchun muassasada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarni qabul qilish, ehtiyojni baholash, xizmatni belgilash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari insonlarga qulay tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Eng muhimi, endilikda vazifa bir marta yordam bilan tugamaydi. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining keyingi holati, o‘zini o‘nglashi ham monitoring qilib boriladi. Mazkur barcha jarayonlar raqamlashtirilgan va daxldor tashkilotlar bilan bog‘langan.

Shayxontohurdagi markazda 25 nafar mutaxassis hamda mahallalarda 51 nafar ijtimoiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Nogironligi bo‘lgan bolalar va shaxslar, yolg‘iz keksalar bilan manzilli tarzda ish yuritilmoqda.

- Bu yer har bir insonning dardi bilan yashaydigan, ularni rozi qiladigan dargoh. Bu tizim orqali jamiyatimizda ijtimoiy adolat, inson qadri qaror topadi, - dedi Prezidentimiz.

Shu yerda davlat-xususiy sheriklik asosida “Imkoniyatlar olami” muassasasi tashkil etilgan. Davlatimiz rahbari undagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.

Muassasada 3 yoshgacha go‘daklar uchun erta aralashuv, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, shuningdek, kunduzgi parvarish va qarab turish xizmatlari tashkil etilgan. Hozirda bu 80 ga yaqin insonning og‘irini yengil qilmoqda. Ularga 12 nafar malakali xodim mehr-e’tibor ko‘rsatmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tyanjin shahrida SHHT tadbirlari boshlandi'ning rasmi

    Siyosat 31.08.2025 19:18

    Tyanjin shahrida SHHT tadbirlari boshlandi

    "Meyszyan" kongress markazida SHHT sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

    'Prezident rafiqasi bilan Xitoyga etib bordi'ning rasmi

    Siyosat 30.08.2025 21:31

    Prezident rafiqasi bilan Xitoyga etib bordi

    Shavkat Mirziyoyevni aeroportda XXR transport vaziri Liu Vey va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    'Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 30.08.2025 16:19

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi

    Prezident SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "SHHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.

    'Mirziyoyev Lukashenkonі tavallud kuni bilan tabrikladі'ning rasmi

    Siyosat 30.08.2025 13:49

    Mirziyoyev Lukashenkonі tavallud kuni bilan tabrikladі

    Prezidentlar telefon orqali gaplashishdi.

    'Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyga boradi'ning rasmi

    Siyosat 30.08.2025 09:35

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyga boradi

    Tashrif 30 avgustdan 3 sentabrgacha davom etadi.

    'Sifatli tibbiyot endi har bir mahallada — Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Siyosat 29.08.2025 19:29

    Sifatli tibbiyot endi har bir mahallada — Shavkat Mirziyoyev

    Endi ilgari faqat poytaxtda amalga oshirilgan yuqori texnologik amaliyotlar 400 dan ortiq hududiy markazlarda ham bajarilmogda.