AsosiyDunyo

AQSH aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi haqida bilarmidingiz?

Poyabzal yechish talabiga o‘zgarish kiritildi.

'AQSH aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi haqida bilarmidingiz?'ning rasmi

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi aeroportlarda xavfsizlik tekshiruvi vaqtida yo‘lovchilar endi poyabzallarini yechishga majbur bo‘lmaydi — bu talab deyarli yigirma yildan so‘ng bekor qilindi.

AQSH Ichki xavfsizlik kotibi Kristi Noemning aytishicha, Transport xavfsizligi boshqarmasi (TSA) ushbu xavfsizlik talabini "darhol kuchga kiradigan tarzda" bekor qilmoqda.

"TSA endi yo‘lovchilardan xavfsizlik tekshiruv punktlaridan o‘tayotganda oyoq kiyimlarini yechishni talab qilmaydi. Ushbu o‘zgarish tekshiruv punktlarida yo‘lovchilar kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va umumiy sayohatni yanada yoqimli hamda samarali qiladi, deb kutmoqdamiz. Ammo bu bilan birga xavfsizlik standartlarini saqlab qolishimiz va odamlarni himoya qilishimiz shart.

Bizning yondashuvimizning kaliti — bu bir necha bosqichli xavfsizlik. Yo‘lovchilar hali ham bir necha darajadagi tekshiruvlardan o‘tishadi. Ular shuningdek, shaxsni tasdiqlash bosqichini ham bosib o‘tishadi", degan Noem.

CNN nashrining yozishicha, mazkur qoidaning bekor qilinishi Jo Bayden ma’muriyati davrida ko‘rib chiqilgan edi. Biroq Noem bu tashabbusni prezident Donald Tramp berganini alohida ta’kidladi.

Noemning aytishicha, TSA xavfsiz joriy etish imkoniyati bo‘lsa, boshqa xavfsizlik qoidalarini (kamar, suyuqlik kabi) ham o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda.

Aeroportlardagi poyabzalni yechish talabi joriy qilinishiga, Richard Reyd nomi bilan tanilgan "poyabzal bombachisi" sabab bo‘lgan. U 2001 yil dekabr oyida Parij–Mayami reysida poyabzali ichiga yashirilgan portlovchi moddani gugurt bilan yoqishga uringan edi. TSA tomonidan yo‘lovchilarning poyabzalini yechish talabi esa 2006 yil avgust oyida "davom etayotgan xavf" haqidagi razvedka ma’lumotlariga asoslanib joriy etilgan. Maqsad yo‘lovchilarning poyabzalini skanerlash orqali portlovchi moddalarni aniqlash va samolyot xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan.

"O‘sha siyosat kuchga kirganidan beri o‘tgan 20 yilda xavfsizlik texnologiyamiz sezilarli darajada rivojlandi. TSA o‘zgardi. Yangi skanerlar va ayrim hududlarda ko‘proq ofitserlar ishga tushirildi", deydi AQSH ichki xavfsizlik kotibi.

Shuningdek, Noem "REAL ID" muvofiqligi ham xavfsizlikni kuchaytirishga yordam berishini, chunki bu orqali tekshiruvdan kim o‘tayotgani aniq bilinishini ta’kidladi.

AQSH aeroportlarida shu kungacha TSA PreCheck dasturida ishtirok etuvchi ishonchli yo‘lovchilar, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 75 yoshdan katta qariyalar poyabzalini yechmasdan o‘ta olgan. Biroq ular avval fon tekshiruvidan o‘tib, ariza to‘lovini to‘lashlari kerak edi. Noemning fikricha, bu dastur hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, chunki bu boshqa yengilliklar bilan ham bog‘liq.

Bu mavzuda hatto Oq uy ham "oyoqlaringizni ozod qiling", degan post qoldirdi. "Oyoqlar yopiq, havo sifati tiklandi", deyiladi Oq uyning X ijtimoiy tarmog‘idagi hazil postida.

Aeroportga kirishdagi tekshiruv davomida oyoq kiyimni yechish talabi, xavfsizlikni konservativ yechimlar bilan ta’minlaydigan ko‘plab davlatlar mavjud. Jumladan O‘zbekiston aeroportlarida ham xalqaro reyslarga chiqishdan oldin tekshiruv davomida oyoq kiyimlar yechib, skanerdan o‘tkaziladi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 20:26

    Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi

    Tojikistonda 13 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qilayotgani aytilmoqda.

    'Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:43

    Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda

    Ushbu tashabbus Yekaterinburgda ochilayotgan Hindiston konsulligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

    'Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:21

    Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi

    Kiyevdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining sobiq talabasi va uning otasi qo‘lga olingan.

    'Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 18:34

    Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi

    G‘arbiy Yevropaning katta qismlari haddan tashqari issiqlikdan aziyat chekkan 10 kunni qamrab oldi.

    'Qizil dengizda yunon kemasi cho‘kib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 17:37

    Qizil dengizda yunon kemasi cho‘kib ketdi

    Halokat ortidan o‘lim va og‘ir jarohatlar bor.

    'Hindistonda jodugarlikda ayblangan oila vahshiylarcha o‘ldirildi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 16:45

    Hindistonda jodugarlikda ayblangan oila vahshiylarcha o‘ldirildi

    Taxminan 50 kishilik olomon 50 yoshli erkak va uning 70 yoshli onasi, rafiqasi hamda ikki nafar voyaga yetgan farzandini yovuzlarcha o‘ldirilgan.