AsosiyDunyo

Germaniyada siyosatchi tanqidga uchradi

Yosh “yashillar” vakilasi Nitsardning “norasmiy” kiyimdagi “storisi”Bundestagda keskin bahslarga sabab bo‘ldi.

'Germaniyada siyosatchi tanqidga uchradi'ning rasmi

Germaniyada “Yashillar” partiyasining yoshlar bo‘limi vakilasi Yetta Nitsard Instagram’da joylagan storisi bilan Bundestagda norozilik uyg‘otdi.

Unda siyosatchi “ASAB” (odatda “barcha politsiyachilar — kal…” degan ma’noda talqin etiladi) yozuvi tushirilgan sviter va “Boylarni yeb qo‘y” degan yozuvli kepkada ko‘rinish bergan. Postga esa: “Bundestakka yo‘l oldim”, degan izoh yozilgan.

Bu holat hatto hamfikrlarini ham hayratga soldi. “Yashillar” fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Konstantin fon Nots bu yozuvni “mutlaqo haqoratli va nomaqbul” deb atadi.

Bundestag prezidenti Paulyu Götkke esa Nitsardga nisbatan chora ko‘rilishini, hatto parlament binosiga kirish ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkinligini aytdi.

Ammo, Der Spiegel’ga ko‘ra, yakunda Nitsard jazolanmaydi. Bundestag rahbari Yuliya Klyoknerga ko‘ra, u parlament binosida rasmiy libosda bo‘lgan.

Biroq “Yashillar” rahbariyati bilan tushuntiruv suhbati o‘tkazilgan. Tafsilotlar oshkor etilmadi.

    Boshqa yangiliklar