AsosiyDunyo

Londonda sud Ukrainaga yordam omborini yoqib yuborganlar ustidan hukm chiqardi

“Vagner” topshirig‘i bilan uyushtirilgan yong‘inda to‘rt kishi aybdor deb topildi.

'Londonda sud Ukrainaga yordam omborini yoqib yuborganlar ustidan hukm chiqardi'ning rasmi

London sudida Ukrainaga insonparvarlik yordami ortilgan omborni yoqib yuborish ishi bo‘yicha to‘rt shaxs aybdor deb topildi.

Sud hay’ati 23 yoshli Jeykim Rouz, 20 yoshli Agnis Asmena va 23 yoshli Nii Mensaning aybini to‘liq isbotlangan, deb hisoblagan. Ular omborni ataylab yoqishda ishtirok etgan.

20 yoshli Eshton Evans esa jinoyat haqida oldindan bilgan, ammo huquq-tartibot organlariga xabar bermaganlikda aybdor deb topildi.

Bu ishda yana ikki shaxs oqlangan: 61 yoshli Pol Inglish chet el razvedkasidan mablag‘ olib, yong‘inni uyushtirganlikda aybdor emas, deb topildi.

23 yoshli Dmitrius Paulauskas esa jinoyat haqida xabar bermaganlikda ayblangan, biroq uning aybi isbotlanmadi.

    Boshqa yangiliklar