AsosiyDunyo

Chet eldan qaytgan fuqarolarni OIVga majburiy tekshirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

U Senatda ma’qullanib, prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.

'Chet eldan qaytgan fuqarolarni OIVga majburiy tekshirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 90 kundan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan fuqarolarni OIV (inson immunitet tanqisligi virusi) infeksiyasiga majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan va chet elda uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddat bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OIV infeksiyasiga majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ushbu tekshiruvdan o‘tishga majbur bo‘ladi. Mahalliy fuqarolar davlat budjeti hisobidan, xorijliklar esa o‘z mablag‘i, ish beruvchisi yoki qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.

 

Tashabbuskorlar fikricha, OIV virusi organizmda odatda 90 kun ichida aniqlanadigan darajaga yetadi. Shu bois ushbu muddat asos qilib olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda chet eldan qaytgan 1,7 million fuqarodan 434 ming nafari ixtiyoriy tarzda tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va ulardan 1512 nafari OIV infeksiyasi bilan kasallangani aniqlangan.

 

Qonun loyihasi, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari zimmasiga fuqarolarni chet elga yuborishdan oldin boradigan davlat qonunchiligi va yashash qoidalari bo‘yicha o‘qitish majburiyatini ham yuklaydi.

 

Deputatlarning ta’kidlashicha, ushbu qonun loyihasi OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi jarayonlarida ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevroittifoq Ukrainadagi katta budjet teshigini qanday yopishni izlamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:29

    Yevroittifoq Ukrainadagi katta budjet teshigini qanday yopishni izlamoqda

    Gap harbiy yordamni budjetdan tashqari grantlar shaklida yuborish bo‘yicha ketyapti.

    'Rossiyada huquq himoyachilari va jurnalistlar uyida tintuvlar o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:19

    Rossiyada huquq himoyachilari va jurnalistlar uyida tintuvlar o‘tkazildi

    Bu harakatlar “davlatga xiyonat” moddasiga oid jinoyat ishi doirasida amalga oshirilgan

    'Rossiya Ukrainaga yana hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:28

    Rossiya Ukrainaga yana hujum qildi

    Hujum ortidan 9 kishi jarohat olgan.

    'Armaniston parlamenti yana keskinlik markazida'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:56

    Armaniston parlamenti yana keskinlik markazida

    Deputatlar o‘rtasida navbatdagi janjal mushtlashuv bilan yakunlandi

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:57

    'Xitoy Eronning havo mudofaa tizimini qayta qurmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:05

    Xitoy Eronning havo mudofaa tizimini qayta qurmoqda

    Eron yetkazib beriladigan texnologiyalar uchun neft bilan hisob-kitob qiladi.