AsosiyDunyo

Xitoy Eronning havo mudofaa tizimini qayta qurmoqda

Eron yetkazib beriladigan texnologiyalar uchun neft bilan hisob-kitob qiladi.

'Xitoy Eronning havo mudofaa tizimini qayta qurmoqda'ning rasmi

Xitoy Eronda yaqinda vayron qilingan havo mudofaa tizimlari o‘rnini to‘ldirish maqsadida HQ-9B rusumli yer-havo raketa tizimlarini yetkazib bermoqda. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron Xitoyga ushbu zamonaviy tizimlar uchun murojaat qilgan. Tizimlar yetkazilishi harbiy to‘qnashuvlar yakunlanganidan so‘ng tezlik bilan boshlangan. Yetkazilgan qurilmalar soni oshkor qilinmagan, ammo ayrim arab manbalariga ko‘ra, Eron bu texnologiyalar uchun neft bilan hisob-kitob qilmoqda.

Xitoyning HQ-9B tizimi Rossiyaning mashhur S-300 tizimiga asoslangan bo‘lib, u samolyotlar va ballistik raketalarga qarshi samarali kurasha oladi. Bu tizimlarning Eron havo mudofaasini kuchaytirishi kutilmoqda.

So‘nggi haftalarda Misr ham xuddi shu HQ-9B tizimlarini xarid qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa Xitoy harbiy texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish mintaqada ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar