AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumlarni amalga oshirdi

Donetsk viloyatidagi aholi evakuatsiya qilingan.

'Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumlarni amalga oshirdi'ning rasmi

Ukrainaning Konstiantinvka va Drujkivka shaharlari doimiy o‘qqa tutilmoqda. Donetsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin fuqarolarni zudlik bilan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirdi.

So‘nggi 24 soat ichida Konstiantinvkada 2 ta aviazarba va raketa hujumi sodir bo‘ldi. Natijada 4 kishi halok bo‘ldi, 1 nafari jarohat oldi. 14 ta xususiy uy, 4 ta ko‘p qavatli bino, ma’muriy bino, avtomobillar va 5 ta elektr uzatish liniyasi uzilgan.

Drujkivkada esa FPV-dron hujumi oqibatida yana bir kishi halok bo‘lgan.

Ukrainadagi OSINT-loyiha DeepState ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Konstiantinvkadan 10–15 km masofada joylashgan.

    Boshqa yangiliklar