AsosiyJamiyat

Perevalda 3 kundan beri yong‘in bo‘layotgani aytildi

FVV voqea tafsilotlarini ochiqladi.

'Perevalda 3 kundan beri yong‘in bo‘layotgani aytildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kitob perevalda o‘ta katta yong‘in bo‘lyapti, olovni mana 3 kundan beri jilovlab bo‘lmayapti" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 4 iyul soat 12:08 da Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, "Qaynar" MFY hududidagi qir, adirliklarda quruq o‘tlar yonganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:00 da yetib borib, yong‘in soat 16:00 da o‘rab olingan va soat 17:00 da o‘chirilgan.

Ikkinchi xolatda yong‘in 6 iyul kuni ushbu hududda soat 00:20 da sodir bo‘lgan. 

Hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:44 da yetib borib, yonayotgan qir, adirliklardagi yong‘in soat 00:50 da o‘rab olingan va soat 01:20 da o‘chirilgan.

Aytish kerakki ushbu yong‘in 3 kundan buyon emas, balki ikki hil vaqtda boshqa-boshqa kunlarda sodir bo‘lgan.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik  maqsadida, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmaslik, balki mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 22:58

    Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Ular qurilish obyektida kerakli hujjatlarsiz ishlagan.

    'O‘zbekistonda yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 21:40

    O‘zbekistonda yer qimirladi

    Epitsentrda zilzilaning sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 19:18

    'Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 19:18

    Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...

    Poytaxtda fuqarolarni aldab pul yig‘ayotgan uch nafar shaxs qo‘lga tushdi.

    'Tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 18:13

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 15:34