AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...

Poytaxtda fuqarolarni aldab pul yig‘ayotgan uch nafar shaxs qo‘lga tushdi.

'Toshkentda yangi firibgarlar: "masjid qurilishi", "nogironlarga yordam"...'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar fuqarolardan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘ayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 iyul kuni poytaxtning Chilonzor tumanidagi bog‘larning birida 2004 yilda tug‘ilgan Sh.S., 2001 yilda tug‘ilgan S.S. va 2004 yilda tug‘ilgan T.A.lar fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan masjid qurilishi, nogironlarga yordam kabi bahonalarni ishlatib pul yig‘ayotgani aniqlangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlangan va ulardan ashyoviy dalil sifatida pul mablag‘lari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.    

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. IIBB xabariga ko‘ra, tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 22:58

    Rossiyada hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    Ular qurilish obyektida kerakli hujjatlarsiz ishlagan.

    'O‘zbekistonda yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 21:40

    O‘zbekistonda yer qimirladi

    Epitsentrda zilzilaning sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.

    'Perevalda 3 kundan beri yong‘in bo‘layotgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 20:38

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 19:18

    'Tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 18:13

    'Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.07.2025 15:34

    Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

    Farg‘onada 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingan Malibu-2 mashinasi Akmal Ahmedovning yaqin qarindoshiga tegishli bo‘lib chiqdi.