Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 5 iyul kuni soat 20:25 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida Shacman rusumli yukavtomashinasi, Leapmotor, Nexia-3 va Cobalt rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.