AsosiyDunyo

Farg‘onadan Qozonga uchuvchi aviareys kechiktirildi

Bunga Qozon shahri havo hududining yopilishi sabab bo‘lgan.

'Farg‘onadan Qozonga uchuvchi aviareys kechiktirildi'ning rasmi

Qozon shahri havo hududining yopilishi sabab Farg‘onadan uchuvchi aviareys kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Qozon shahri havo hududining yopilishi munosabati bilan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9651/9652 reysi (Farg‘ona—Qozon—Farg‘ona yo‘nalishi) majburan kechiktirildi va quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Farg‘onadan uchish — 15:00, Qozonga yetib kelish — 16:45
  • Qozondan uchish — 18:00, Farg‘onaga yetib kelish — 23:30

Vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar