AsosiyDunyo

Rimda yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Oqibatda 20 dan ortiq kishi jarohat olgan.

'Rimda yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

Rimda yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Sky News xabar berdi. 

Shaharning sharqida joylashgan Prenestino tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 21 kishi jarohat olgan. Jarohatlanganlarning besh nafari og‘ir ahvolda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da sodir bo‘lgan. Eni kompaniyasiga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuk mashinasi quvurga urilganidan so‘ng, yong‘in boshlangan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va politsiya chaqirilgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga urinayotgan vaqtda kuchli portlash yuz bergan. 

Portlash natijasida yaqin atrofdagi binolar zarar ko‘rgan, shuningdek, sud hujjatlari saqlanadigan omborxonada yong‘in chiqqan. Huquq-tartibot idoralari buyrug‘i bilan yaqin atrofdagi metro stansiyasi vaqtincha yopilgan.

    Boshqa yangiliklar