AsosiyJamiyat

“Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimida sog‘lom va korrupsiyasiz ish muhitini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida ushbu dasturni yo‘lga qo‘ydi.

'“Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi'ning rasmi

Korrupsiya – har qanday jamiyatning barqaror taraqqiyotiga, qonun ustuvorligiga va adolat tamoyillariga jiddiy tahdid soladigan xavfli illatdir. U inson huquqlari buzilishi, aholi turmush darajasining pasayishi, davlatga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ tizimida sog‘lom va korrupsiyasiz ish muhitini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, dastur doirasida kompaniya va tasarrufdagi tashkilotlarda korrupsiya holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, biznes jarayonlarda qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida barchaga murojaat qilish imkoni yaratildi.

Agar siz korrupsiyaga oid holatlarga, huquqbuzarlik yoki boshqa shubhali faoliyatlarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998 (71) 233-28-88

Qisqa raqam: 1810

Elektron pochta: kans@ung.uz

Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti: compliance@ung.uz

Telegram bot: @ung_anticorBot

Birgalikda faol jamoatchilik nazorati orqali halollikni ta’minlaymiz va shaffof muhit yaratishga hissa qo‘shamiz!

    Boshqa yangiliklar