Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi kunlarda jiddiy taranglik kuzatilmoqda. Baku tomoni Rossiya Federatsiyasiga bir qator rasmiy e’tirozlarini bildirib, ikki davlat munosabatlariga “zarar yetkazuvchi voqealar” haqida bayonot berdi.
Joriy haftada Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligida Rossiyaning favqulodda va muxtor elchisi Mixail Yevdokimov chaqirilib, unga bir nechta jiddiy da’volar bildirildi. Jumladan:
Yekaterinburgdagi halokat: Ozarbayjon tomoni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida iyun oyi oxirida qo‘lga olingan va keyinchalik ikki nafari halok bo‘lgan ozarbayjonliklar ishi bo‘yicha Moskvadan xolis tergov o‘tkazishni va aybdorlarni jazolashni talab qilmoqda.
"Etnik guruh" atamasidan norozilik: Ozarbayjon MDI rossiyalik rasmiylarni va OAVni millatlar o‘rtasida adovatni avj oldirishda ayblamoqda. Xususan, “etnik jinoiy guruh” iborasining ishlatilishi Baku tomonidan qat’iy qabul qilinmayapti.
“Sputning Ozarboyjon” janjali: Rossiya tomonining Baku tomonidan "Sputnik Ozarbayjon" agentligi xodimlarining qo‘lga olinishi bo‘yicha bildirgan e’tirozlari “asossiz” deb rad etildi.
"Embraer E190" halokati samolyotlari: Ozarbayjon, shuningdek, Baku — Grozniy yo‘nalishida uchgan va halokatga uchragan Embraer E190 samolyoti bo‘yicha Rossiyadan to‘liq va oshkora tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda. Bakuning fikricha, bu choralar ikki tomonlama munosabatlardagi salbiy kayfiyatni yumshatishda muhim rol o‘ynaydi.
Zaxarovaning izohi: strategik ittifoqqa "qarshi kuchlar" bor
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa vaziyatga nisbatan murosali bayonot berib, Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasidagi strategik ittifoqchilikni “yo‘q qilishni istaydigan kuchlar” haqida gapirdi. Biroq u ta’kidlashicha, hozirgacha Rossiyaning Bokuga iltimosiga qaramay, ozarbayjonlik kuch tuzilmalari tomonidan qo‘lga olingan rossiyaliklarga konsullik orqali kirish imkoni berilmagan.
Rossiya fuqarolariga ogohlantirish
Mazkur fonda Rossiya TIV o‘z fuqarolarini Ozarbayjonda “hushyorlik va ehtiyotkorlik” bilan yurishga chaqirdi. Shuningdek, mamlakatga safar rejalashtirishda mavjud siyosiy muhitni inobatga olish tavsiya qilindi.
Shu bilan birga, huquqni himoya qiluvchi “Kovcheg” tashkiloti Ozarbayjonda rossiyaliklar yashaydigan joylarda reydlar kuzatilayotgani va ayrim hollarda politsiyachilar tomonidan kuch ishlatilganini ma’lum qildi. Tashkilotning aytishicha, politsiya tunda kirib borib, rossiyaliklardan vizaviy maqomi haqida so‘rov-surishtiruv olib bormoqda, ayrimlariga nisbatan kuch ishlatilgan.