AsosiyJamiyat

Toshkentda Skuter yonib ketdi

Yong‘inning bir qismini fuqarolar tomonidan bartaraf etilgani aytilmoqda.

'Toshkentda Skuter yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 1 iyul kuni Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida skuter yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa kechasi soat 01:01 da  Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasida yuz bergan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 01:12 da yetib borganda, skuterda sodir bo‘lgan yong‘in shu yerdagi fuqarolar tomonidan o‘z vaqtida o‘chirib olingani aniqlangan.

“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar