AsosiyDunyo

AQSH sudi Trampga qarshi hukm o‘qidi

Sudya prezidentning xorijlik talabalarni Garvardda o‘qishini cheklovchi qarorini fikr erkinligiga tahdid deb atadi.

'AQSH sudi Trampga qarshi hukm o‘qidi'ning rasmi

Boston shahridagi okrug sudyasi Ellison Barrouz Tramp ma’muriyati tomonidan taklif etilgan va xalqaro talabalarning AQSHga kelib o‘qishini taqiqlashga qaratilgan tashabbus yuzasidan o‘z qarorini e’lon qildi.

Sudya Barrouz bu qarorni Tramp ma’muriyatining “nufuzli akademik muassasani nazorat qilishga qaratilgan noto‘g‘ri urinishi” deb baholadi va uni fikr bildirish erkinligiga tahdid deb atadi.

U ta’kidlashicha, ushbu ish so‘z va fikr erkinligini himoya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, shu sababli ma’muriyatning bu harakatlari vaqtincha to‘xtatilishi kerakligiga qaror qilgan.

Tramp va Garvard o‘rtasidagi ziddiyat


Avvalroq federal hukumat universitetlarda, jumladan Garvardda ham, Falastinni qo‘llab-quvvatlagan talabalar namoyishlari va xilma-xillik, tenglik hamda inklyuzivlik masalalariga bag‘ishlangan dasturlar tufayli moliyalashni to‘xtatish bilan tahdid qilgandi.

Shu doirada AQSHning Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, Ta’lim vazirligi va Davlat xizmatlari boshqarmasi (GSA) “Antisemitizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus guruh” tuzgan.

Tramp ma’muriyati Garvard universitetiga ajratilgan 2,2 milliard dollarlik federal mablag‘larni muzlatib qo‘yish, shuningdek, 60 million dollarlik shartnomalarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan.

Bunga javoban Garvard sudga murojaat qilib, federal hukumatning harakatlari qonunga zid ekanini ma’lum qilgan va bu choralarni vaqtincha to‘xtatib turishga erishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.06.2025 21:18

    'Iroq xalqaro parvozlar uchun havo hududini ochdi'ning rasmi

    Dunyo 24.06.2025 17:48

    Iroq xalqaro parvozlar uchun havo hududini ochdi

    Iroq havo hududi avvalroq Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashgani sababli yopilgan edi.

    'Braziliyalik erkak qamoqdan qochayotganda devorga tiqilib qoldi'ning rasmi

    Dunyo 24.06.2025 13:45

    Braziliyalik erkak qamoqdan qochayotganda devorga tiqilib qoldi

    U buning uchun 2 kun davomida tunnel qazigan.

    'Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 24.06.2025 09:36

    Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi

    Ikki falastinlik halok bo‘ldi, 35 nafari yaralandi, jarohatlanganlardan 16 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

    'AQSH va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi'ning rasmi

    Dunyo 24.06.2025 09:04

    AQSH va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

    Agentlik rahbari katta eskalatsiya xavfi haqida ogohlantirdi va mojaroga zudlik bilan barham berishga chaqirdi.

    'Makron AQSHning Erondagi yadroviy hujumlarini qoraladi'ning rasmi

    Dunyo 24.06.2025 08:31

    Makron AQSHning Erondagi yadroviy hujumlarini qoraladi

    Fransiya prezidenti AQSHning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbasini xalqaro huquqqa zid deb atadi.