AsosiyDunyo

Dunyo bozorida neft narxi yana o‘ynaydimi?

Eron parlamenti Ormuz bo‘g‘ozini yopishga rozilik berdi.

'Dunyo bozorida neft narxi yana o‘ynaydimi?'ning rasmi

Eron parlamenti strategik ahamiyatga ega Ormuz bo‘g‘ozini yopish masalasini ma’qulladi. Bu haqda 22 iyun kuni mamlakatning rasmiy telekanali “Press TV” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bo‘g‘ozni yopish bo‘yicha yakuniy qarorni Eronning Oliy milliy xavfsizlik kengashi qabul qilishi kerak. Ya’ni hozircha so‘nggi nuqta qo‘yilmagan.

Ma’lumot uchun, Ormuz bo‘g‘ozi – Eron va Ummon o‘rtasida joylashgan muhim dengiz yo‘lagi bo‘lib, u orqali dunyo bo‘yicha tashiladigan neft va gazning qariyb 20 foizi o‘tadi. Bo‘g‘ozning yopilishi nafaqat Yaqin Sharq, balki butun dunyo energetika xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

“Reuters” tahlilchisi Ron Busso bu vaziyatga izoh berar ekan, Tehronning bunday harakati AQSH harbiy-dengiz kuchlari tomonidan darhol javobga uchrashini aytadi. Unga ko‘ra, agar Eron bo‘g‘ozni to‘sishga urinsa, global neft oqimida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi, biroq bu uzoq davom etmaydi.

Ammo savol ochiq: bu tashabbus nimadan dalolat? Eron bu orqali bosimni oshirmoqchimi? Yoki bu – AQSH va Isroilga nisbatan ogohlantiruvmi?

Ayni paytda neft bozorida keskinlik kuchaymoqda. Ekspertlar fikricha, vaziyat yanada keskinlashsa, neft narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

Bo‘g‘oz hali yopilgani yo‘q. Ammo tahdid yetib kelgan. Eron parlamentining qarori – bu faqat siyosiy ishora emas, balki global iqtisodiyot uchun signal sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp: “Eronni yana buyuk qilamiz”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:34

    Tramp: “Eronni yana buyuk qilamiz”

    AQSH prezidenti Tehronda rejim o‘zgarishini istayapti.

    'Tehron uranni boyitishni davom ettiradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:35

    Tehron uranni boyitishni davom ettiradi

    Eron o‘z yadroviy infratuzilmasini to‘xtatmasligini aytdi.

    'Niderlandiyada NATOga qarshi yurish boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:37

    Niderlandiyada NATOga qarshi yurish boshlandi

    NATO sammiti arafasida minglab odam Gaaga ko‘chalariga namoyishga chiqdi.

    'Rossiya armiyasi Ukraina poligoniga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:35

    Rossiya armiyasi Ukraina poligoniga zarba berdi

    Hujum oqibatida kamida 3 nafar harbiy halok bo‘lgan.

    'AQSH: “Biz Eron bilan urishmayapmiz. Biz ularning yadroviy dasturiga qarshi urishyapmiz”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:29

    AQSH: “Biz Eron bilan urishmayapmiz. Biz ularning yadroviy dasturiga qarshi urishyapmiz”

    Bu bayonot AQSHning Eron hududidagi yadroviy obyektlarga bergan zarbasidan so‘ng yangradi.

    'Apple AQSH o‘rniga Hindistonga sarmoya kiritmoqda'ning rasmi

    Dunyo 22.06.2025 20:56

    Apple AQSH o‘rniga Hindistonga sarmoya kiritmoqda

    Apple Tramp tahdidlariga qaramay Hindistonda ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.