Putin G'alaba kuni paradida NATOni tanqid qildi va Ukrainadagi urushni "adolatli" deb atadi. Uning aytishicha, Rossiya NATO tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan "tajovuzkor kuch"ga qarshi kurashmoqda.
Moskvodagi Qizil maydonda o'tgan parad bu yil xavfsizlik sabab qisqartirildi. Ilk bor og'ir zirhli texnika va ballistik raketalar namoyish qilinmadi. Shunga qaramay, harbiylar qatnashgan parad kuchaytirilgan xavfsizlik ostida o'tdi.
Putin nutqida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarini eslab, Ukrainadagi "maxsus harbiy operatsiya" qatnashchilari ulardan ruhlanaetganini aytdi.
Tadbirda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Malayziya qiroli Sulton Ibrohim va O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashdi. YeIdan esa faqat Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsso keldi.
Paraddan keyin Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainani uch kunlik sulhni buzganlikda aybladi. Ukraina hozircha bu haqda izoh bermadi.






