Manbalarga ko‘ra, Tehron oziq-ovqat va zarur tovarlar zaxirasiga ega bo‘lib, iqtisodiy bosim kuchaygan taqdirda ham taxminan 90–120 kun, ehtimol undan ham ko‘proq vaqt chidam ko‘rsatishi mumkin. Bunda mamlakatdagi katta neft zaxiralari ham muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, Eron hozircha urushdan oldingi raketa tizimlarining 75 foizi va raketa zaxiralarining 70 foizini saqlab qolgani aytilmoqda. Bu esa AQShning “tez va to‘liq g‘alaba” haqidagi bayonotlariga shubha uyg‘otmoqda.
Ayni paytda Al Arabiya nashri ma’lum qilishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShdan Eron yadro dasturi to‘liq to‘xtatilmaguncha hech qanday tinchlik kelishuviga imzo chekmaslikni talab qilmoqda.
Isroil tomoni, shuningdek, mojaroni kuchaytirish ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda — jumladan, Eronning energetika infratuzilmasiga zarba berish ehtimoli ham muhokama qilinmoqda.






