AsosiyDunyo

Bryussel Moskvalik ukrainalik bolalarni ruslashtirishda ayblamoqda

Ukrainalik bolalarning Rossiyaga majburan ko‘chirilishiga aloqador shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

'Bryussel Moskvalik ukrainalik bolalarni ruslashtirishda ayblamoqda'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi ukrainalik bolalarning deportatsiya qilinishi yuzasidan yangi sanktsiyalar tayyorlamoqda. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Nashrning diplomatik manbalarining bildirishicha, yangi cheklovlarni 12 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida tasdiqlash rejalashtirilgan. Sanktsiyalar ukrainalik bolalarni deportatsiya qilish va majburiy ko‘chirish jarayonlariga aloqador shaxslar hamda tuzilmalarga ta’sir qiladi. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining shunday sanktsiyalari 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxsga qo‘llanilgan.

Yevropa Ittifoqining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri 20 mingdan ortiq ukrainalik bolani noqonuniy deportatsiya qilgan yoki majburan ko‘chirgan. 

Bryussel Moskvani bolalarni ruslashtirishga urinishda, jumladan, ularni majburlab Rossiya fuqaroligiga o‘tkazish, rus oilalariga topshirish, mafkuraviy ta’sir qilish va harbiylashtirishda ayblamoqda.

    Boshqa yangiliklar