AsosiyDunyo

Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi

Qurbonlar bor.

'Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

Ostona yaqinidagi aerodrom hududida TL-2000 samolyoti qulab tushdi. Hodisa oqibatida ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

Qozog‘istonning Ostona shahri yaqinida yengil motorli TL-2000 samolyoti halokatga uchradi, deb xabar beradi "Kazinform".

Qayd etilishicha, 22 iyun kuni soat 11:30 larda Jolaman aerodromi hududida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirish vaqtida yengil motorli samolyot ishtirokida aviatsiya hodisasi sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi bortida ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan va ularning ikkisi ham halok bo‘lgan.

Tergov qilish qoidalariga muvofiq, mazkur hodisa yuzasidan maxsus komissiya tuzilgan.

Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligining transportdagi hodisalar va avariyalarni tergov qilish departamenti xodimlari halokat joyiga jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, samolyot jismoniy shaxsga tegishli. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Apple AQSH o‘rniga Hindistonga sarmoya kiritmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 20:56

    Apple AQSH o‘rniga Hindistonga sarmoya kiritmoqda

    Apple Tramp tahdidlariga qaramay Hindistonda ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.

    'Tramp yangi urush boshladi — Dmitriy Medvedev'ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:47

    Tramp yangi urush boshladi — Dmitriy Medvedev

    Medvedev AQSHning Eron yadro obyektlariga bergan zarbasiga o‘z munosabatini bildirdi.

    'AQSH yaqin 48 soat ichida Eronning ehtimoliy zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:12

    AQSH yaqin 48 soat ichida Eronning ehtimoliy zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    Hujumlar AQSHning ichki yoki xorijdagi obyektlariga uyushtirilishi mumkin.

    'AQSHning Eronga bergan zarbasiga BMT munosabat bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:58

    AQSHning Eronga bergan zarbasiga BMT munosabat bildirdi

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning bu boradagi bayonoti BMT saytida chop etildi.

    'AQSH havo kuchlari Eronga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:46

    AQSH havo kuchlari Eronga zarba berdi

    Bu haqda Tramp ijtimoiy tarmoqda yozib qoldirdi.

    'Isroil Eronning HAMAS bilan harbiy koordinatorini o‘ldirganini aytmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.06.2025 22:06

    Isroil Eronning HAMAS bilan harbiy koordinatorini o‘ldirganini aytmoqda

    Eron hozircha Izodiyning o‘ldirilganini tasdiqlamadi.