AsosiyJamiyat

Islom olami robitasi O‘zbekiston bilan birinchi rasmiy aloqalarini Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlaydi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan Islom olami robitasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

'Islom olami robitasi O‘zbekiston bilan birinchi rasmiy aloqalarini Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlaydi'ning rasmi

 O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan Islom olami robitasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir Turg‘unov, Islom sivilizatsiyasi markazi direktor o‘rinbosari Firdavs Halimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, shuningdek Islom olami robitasi bosh kotibining koorporativ aloqalar bo‘yicha yordamchisi Muhammad Abdulvahhob Ash-Shahriy, Islom olami robitasi tashkiloti katta ilmiy xodimi Mashhur Umar Abu Shaaf, konferensiyalar va tadbirlar bo‘limi rahbari Shakir Saloh Al-Advoniy ishtirok etdi.

- Islom olami robitasi bosh kotibi bilan elchixonamizda bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazilgan. Shu muloqotlar natijasida Islom sivilizatsiyasi markaziga rasmiy tashrif tashkil etish va hamkorlik yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekistonda hadis ilmiga bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkazish, mahalliy hadisshunos olimlarni rag‘batlantirish, ularning salohiyatini e’tirof etishga doir loyihalar muhokama qilindi, - dedi elchi Nodir Turg‘unov. 

O‘z navbatida,  «Islom olami robitasi bilan avvaldan yaqin aloqalar mavjud. Buxoro deklaratsiyasi doirasida ushbu tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan. Xususan, doktor Abdulaziz Sarxon bilan muloqotda bosh kotibni O‘zbekistonga taklif qilish masalasi ko‘tarilgandi. Bosh kotibning Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markaziga tashrifi, shuningdek 2025 yil avgust oyida Samarqandda o‘tkazilishi kutilayotgan IX xalqaro Madaniy meros konferensiyasida ishtirok etishi bo‘yicha muzokaralar olib borilganini», - dedi Davronbek Maksudov. 

Uchrashuvda Islom sivilizatsiyasi markazi direktor o‘rinbosari Firdavs Halimov markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi. 

- Markaz xalqaro ilmiy hamkorlik, ma’rifiy faoliyat va qadimiy islom merosini tadqiq etish borasida yirik tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Bino me’moriy jihatdan o‘zgacha yondashuv bilan barpo etilgan. Xususan, markaz gumbazi ostida VII asrga oid Usmon mus'hafi – tarixiy Usmon Qur’oni joylashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu jahon islom merosi uchun beqiyos ahamiyatga ega, - dedi Firdavs Halimov.

Saudiyalik ishtirokchilar, jumladan Muhammad Ash-Shahriy va doktor Shakir Al-Advoniy, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bo‘lgan qiziqish va ehtiromini bildirib, Islom olami robitasi tomonidan O‘zbekistondagi birinchi rasmiy aloqalarni aynan ushbu markaz orqali boshlash niyati borligini ta’kidlashdi. Bu borada tashrif va hamkorlik ishlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Saudiya Arabistonidagi elchixona orqali muvofiqlashtiriladi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, O‘zbekistondagi ilmiy va ma’naviy markazlar bilan hamkorlikda xalqaro miqyosdagi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dam olish kunlari yana havo isiydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:51

    Dam olish kunlari yana havo isiydi

    “O‘zgidromet“ning ob-havo prognozi bilan tanishing.

    'Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:41

    Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi

    Hozirda samolyot texnik diagnostikaga olingan, yo‘lovchilar Toshkentga boshqa zaxira bort orqali keltirilgan.

    'Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida 15 milliard dollarlik salohiyat bor — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:29

    Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida 15 milliard dollarlik salohiyat bor — Prezident

    Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

    'Samarqandda giyohvandlik moddalarini pullab yurgan ikki nafar shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    Samarqandda giyohvandlik moddalarini pullab yurgan ikki nafar shaxs qo‘lga tushdi

    Holat yuzasidan ikkala fuqaroga ham qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:31

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    Respublikada harorat 38 darajagacha ko‘tarilib, chang-to‘zon bo‘ladi.