Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar endilikda banklardan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport yoki ID-kartasiz xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, tegishli hujjat 2026 yil 8 may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Yangi qoida rasman 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Hozirgi amaldagi tartibga ko‘ra esa hujjatsiz valyuta sotib olish limiti 100 dollar etib belgilangan.
Yangi o‘zgarishlar fuqarolar uchun valyuta ayirboshlash jarayonini soddalashtirishi kutilmoqda.
Shuningdek, bank hisobvarag‘i ochmasdan amalga oshiriladigan operatsiyalarda mijozni tekshirish majburiy bo‘lgan miqdor ham o‘zgartirilishi mumkin. Amalda bu chegara 500 BHMga teng bo‘lsa, yangi taklifda u qat’iy summa — 175 million so‘m etib belgilanmoqda.






