AsosiyJamiyat

Flick yaqin vaqt ichida “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi — ESPN

"Barselona" bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda ESPN nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

'Flick yaqin vaqt ichida “Barselona” bilan shartnomasini uzaytiradi — ESPN'ning rasmi

Manba maʼlumotiga ko‘ra, 61 yoshli mutaxassisning agenti Pini Zaxavi 7 may kuni klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashgan. Uchrashuvda tomonlar yangi shartnomaning yakuniy tafsilotlarini kelishib olgan.

Flikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yangi kelishuvga ko‘ra, hamkorlik yana bir yilga uzaytiriladi hamda shartnomaga qo‘shimcha ravishda yana bir mavsumga avtomatik uzaytirish imkonini beruvchi band kiritiladi.

Zaxavi hozirda Barselona shahrida bo‘lib turgani sababli, shartnomani imzolash marosimi yaqin kunlarda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, germaniyalik mutaxassis 2024 yilning iyul oyidan buyon Kataloniya klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 113 ta uchrashuvda ishtirok etib, 86 ta g‘alaba, 10 ta durang va 17 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Flik boshchiligida “Barselona” dastlabki mavsumning o‘zidayoq Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubokda g‘olib chiqqan.

Qayd etilishicha, Flik kelganidan keyin jamoa nafaqat natijalar, balki o‘yin uslubi jihatidan ham barqarorlikka erishgan. Bu esa klub rahbariyatining mutaxassisga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlagan.

    Boshqa yangiliklar