Buyuk Britaniyada Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbekistonlik askar Boqijon Akramovni fashistlardan yashirib, uning hayotini saqlab qolgan Le Bretonlar oilasi “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Oila xotiralariga koʻra, “Tom amaki” deb atalgan Boqijon Akramov qisqa vaqt ichida Le Bretonlar oilasiga yaqin insonga aylangan. U fashistlar kontslageridan qochganidan soʻng, oila uni qariyb uch yil davomida yashirib kelgan. Bu davrda ular oʻzlari va farzandlari hayotini ham katta xavf ostiga qoʻygan. Akramov 1945 yil may oyida Oʻzbekistonga qaytgan.
Tadbir davomida Le Breton oilasining qizi ushbu mukofot uchun Oʻzbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Jersey Heritage tashkiloti vakillari 2022 yildan buyon olib borilgan tadqiqotlar natijasida Boqijon Akramovning urushdan keyingi taqdiri aniqlanganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev marhum Jon va Fillis Emili Le Bretondni jasorati va insonparvarligi uchun “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlagan. Mukofotlar 6 may kuni Oʻzbekistonning Londondagi elchisi Rav






