Viloyat IIB ma'lumotiga ko'ra, 6 may kuni O'rta qishloq mahallasi Mumtoz ko'chasida haydovchi Q.Z. King Long rusumli mikroavtobusda davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi "Xadichabegim" bog'chasining 58 nafar tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan vaqtda to'xtatilgan.
Haydovchiga nisbatan odam tashish qoidalarini buzgani uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, haydovchi va bog'cha rahbariyati bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
IIV Yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga ko'ra, respublika bo'ylab 1–8 may kunlari o'tkazilgan reydlar davomida bolalarni transportda me'yordan ortiq tashish bilan bog'liq 125 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Eslatib o'tamiz, 5 may kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida 13 nafar bog'cha bolasi va 3 oylik chaqaloqni Daewoo Matiz'da olib ketayotgan bog'cha mudirasi boshqaruvni yo'qotishi oqibatida avtomobil ag'darilib ketgan edi. Hodisa oqibatida haydovchi halok bo'lib, bolalar jabrlangan, ulardan biri komaga tushgan.






