AsosiyJinoyat

Farg‘onada MIB boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

U javobgarlarni xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi.

'Farg‘onada MIB boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshlig‘i o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda, bo‘ysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi.

 Joriy yilning 3 iyun kuni u talab qilingan pul mablag‘idan 1200 AQSH dollarini pora sifatida oladi. 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Denovda 150 ming dollarlik narkotik savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 19.03.2026 16:02

    Denovda 150 ming dollarlik narkotik savdosi fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    'Sirdaryoda MIB xodimi pora bilan ushlanidi'ning rasmi

    Jinoyat 19.03.2026 04:59

    Sirdaryoda MIB xodimi pora bilan ushlanidi

    Ular fuqarodan 20 million so‘m talab qilgan.

    'Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 18.03.2026 09:57

    Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi

    Yil davomida shahar prokuraturasi hisobotlar haqqoniyligi, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlarini aniklash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazgan.

    'Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди'ning rasmi

    Jinoyat 18.03.2026 03:43

    Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди

    Jambil viloyatidagi harbiy qismda qorovul tomonidan uzilgan o‘q tasodifan boshliqqa tegib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

    'Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 17.03.2026 11:05

    Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi

    “Energosavdo” filiali muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar so‘rab, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 02:41

    Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.