AsosiyDunyo

Britaniyalik ayol ishidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

U eri uchun giyohvand moddalar sotib olmoqchi bo‘lgan.

'Britaniyalik ayol ishidan 260 ming dollar o‘g‘irladi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada 16 yil davomida moliya bo‘limida ishlagan Reychel Uilson erining giyohvand moddalarga bo‘lgan qaramligini moliyalashtirish uchun ish joyidan 260 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni o‘g‘irladi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Uilson kompaniyada bosh g‘aznachi sifatida faoliyat yuritgan va shu lavozimidan foydalanib, soxta to‘lovlar va qalbakilashtirilgan cheklar orqali pul o‘zlashtirgan. Mablag‘larni u 2020 yil aprelidan boshlab o‘zlashtira boshlagan, ammo 2024 yil avgust oyida vaqtincha uning o‘rnini bosgan hamkasbi moliyaviy hisobotlarda muammolarni aniqlaganidan so‘ng, jinoyat fosh etilgan.

Ichki tergov natijasida Reychel o‘z aybini tan olib, politsiyaga to‘liq ko‘rsatma bergan. Sudda u bu ishni umidsizlikdan qilganini, erining giyohvandlik muammosi uni shu yo‘lga boshlaganini tushuntirgan. Uning advokati ayol ilgari sudlanmagan, hashamatli hayot kechirmagan va ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar bilan kurashganini ta’kidlagan.

Lekin Liverpul Qirollik sudi sudyasi Mark Eynsvort ish hajmini va ishonchni suiiste’mol qilganini inobatga olib, ayolni ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud Uilsonning harakati nafaqat kompaniyaga, balki oilasiga, ayniqsa bolalariga katta zarar yetkazganini aytib o‘tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 22:15

    'Eron zarbalari tufayli Isroilda 8 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:46

    Eron zarbalari tufayli Isroilda 8 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

    Minglab isroilliklar mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun ariza topshirgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:42

    'Asad rejimi qulagach, 2 milliondan ortiq suriyalik vataniga qaytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:40

    Asad rejimi qulagach, 2 milliondan ortiq suriyalik vataniga qaytdi

    Livan hukumati Suriyadan qochib kelgan 1,5 millionga yaqin muhojirni bosqichma-bosqich vatanga qaytarish rejasini ishlab chiqqan.

    'Latviya rossiyalik va belarusliklarga ko‘chmas mulk xaridini taqiqladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:39

    Latviya rossiyalik va belarusliklarga ko‘chmas mulk xaridini taqiqladi

    Mamlakat mazkur choralarni Rossiya va Belarus bilan bog‘liq geosiyosiy xavflarni kamaytirish maqsadida joriy qilgan.

    'Putin tadbirkorlarni ishontira olmadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:36

    Putin tadbirkorlarni ishontira olmadi

    Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida G‘arb sarmoyadorlari ishtirok etmadi.